“Saakashvili afv etilgan taqdirda ham ozodlikka chiqmaydi” — Gruziya prezidenti 

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili afv etilgan taqdirda ham ozodlikka chiqa olmaydi, chunki u bir vaqtning o‘zida bir nechta jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. Bu haqda mamlakatning amaldagi prezidenti Salome...

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili afv etilgan taqdirda ham ozodlikka chiqa olmaydi, chunki u bir vaqtning o‘zida bir nechta jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. Bu haqda mamlakatning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

Gruziya rahbari Saakashvili ishi bo‘yicha sud qarori yuzasidan bayonot berdi. U bu qarorning adolatli yoki nohaqligini muhokama qilolmasligini ta’kidladi. Mazkur qaror bilan gruzin xalqi yopiq doirada yurishga va bu vaziyatning garovi bo‘lib qolishga mahkum ekanini qayd etdi.

Zurabishvili Gruziya sobiq prezidenti afv etilgan taqdirda ham ozod qilinmasligi, chunki u yana uchta ishda ayblanayotganini qo‘shimcha qildi. U afv bilan “mamlakat o‘z yuzi va obro‘sini tiklay olmasligini” aytib, Gruziyaga nisbatan boshqa davlatlarning ishonchi qolmaganiga hukmron partiya va muxolifatni aybladi.

Saakashvilini Gruziyada hibsga olish va qiynoqlar

2021-yil 1-oktyabrda Saakashvili sakkiz yil ichida birinchi marta munitsipal saylovlar arafasida Gruziyaga qaytganida hibsga olingan. U bir qancha jinoiy ishlarda, xususan, 2005-yilda gruziyalik sobiq deputat Valeriy Gelashviliga hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda. Buning uchun u allaqachon sirtdan olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Hibsga olingandan so‘ng Saakashvili darhol ochlik e’lon qilgan va u 2021-yil 19-noyabrda ochlikni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. 29-noyabr kuni Saakashvili hibsga olinganidan keyin birinchi marta sudga olib borilgan va hibsda qiynoqqa solinganini aytgan. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni siyosiy ta’qib, o‘zini esa siyosiy mahbus deb biladi.

Uzoq davom etgan ochlik e’lonidan so‘ng siyosatchining ahvoli og‘irlashgan, shu sababli u Rustav qamoqxonasidan Goridagi harbiy gospitalga o‘tkazilgan.

2022-yil dekabrida Ukraina Tashqi ishlar vazirligi o‘sha paytda Tbilisidagi Vivamedi tibbiyot markazida bo‘lgan Saakashvilining sog‘lig‘i sezilarli darajada yomonlashganidan chuqur xavotirda ekanini bildirgan.

2023-yilning 1-fevralida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziya hukumati Saakashvilini “omma oldida qiynoqqa solib, o‘ldirayotganini” aytdi. Saakashvilining o‘zi esa Ukrainadagi urush g‘alabasigacha yashay olmasa, yuragini Kiyevga dafn etishga chaqirdi.

BU İÇERİĞE EMOJİYLE TEPKİ VER!
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
Kategoriler
Gündem
Henüz Yorum Yok

Cevap bırakın

*

*

Benzer Konular