Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV

Rossiyada jazo o‘tayotgan mahbuslar “Vagner” safiga qo‘shilishga majburlanayotgani, aks holda ularga yangi jinoiy ish ochish bilan tahdid qilinayotgani aytilmoqda. Bu haqda “Agenstvo” xabar berdi. Foto: “TASS” Ma’lum qilinishicha, mahbuslar...

Rossiyada jazo o‘tayotgan mahbuslar “Vagner” safiga qo‘shilishga majburlanayotgani, aks holda ularga yangi jinoiy ish ochish bilan tahdid qilinayotgani aytilmoqda. Bu haqda “Agenstvo” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Ma’lum qilinishicha, mahbuslar Samara va Rostov viloyatlari, Krasnodar o‘lkasi va Shimoliy Kavkaz viloyatlaridagi koloniyalarida bosimga uchragan.

“Ichki ishlar vazirligi yoki federal xavfsizlik xizmati xodimlari koloniyalarga kelib, da’vo muddati o‘tib ketgan bo‘lsa-da, 10-20 yillik eski ishlarni ko‘rib chiqishga va’da berib, urushga borishdan bosh tortganlarga nisbatan ish qo‘zg‘atish bilan qo‘rqitmoqda”, — dedi huquq himoyachisi Yana Gelmel.

Huquq himoyachisi Oksana Asaulenko ham Perm o‘lkasidagi koloniyalardagi shunga o‘xshash bosim usullari kuzatilgani haqida xabar berdi. Misol tariqasida u ozod etilishiga besh oy qolgan mahbusning ishini keltirib o‘tgan. Erkakning onasi so‘nggi suhbatda o‘g‘li “Vagner” bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lganini bildirgan.

Tergov hibsxonalaridagilarga jinoyat ishlarini yopishga va’da berib, “Vagner”ga qo‘shilish taklif qilinayotgani ta’kidlandi.

“Vagner” qanday guruh?

Ko‘plab G‘arb OAVlari Vagner guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.

“Konkord” kompaniyasi egasi bo‘lgan Yevgeniy Prigojin 2016-yildan buyon AQSH, 2020-yildan buyon esa Yevroittifoq sanksiyalari ostidadir. Vashingtonda u Internet tadqiqotlari agentligi (trollar fabrikasi) va “Vagner”ni nazorat qilishda ayblangan.

U “Vagner”ga aloqadorligini ko‘p marta rad etgan va bunday ayblovlar sababli sudlashgan, ammo 2022-yil sentabrida u “Vagner” asoschisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilotni 2014-yilda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Donbassda rus xalqiga nisbatan genotsid” boshlangan vaqtda tuzgan.

Mavzuga doir:

  • “Vagner” qurboni: Rossiyadan Ukrainadagi urushga yollangan tanzaniyalik mahbus halok bo‘ldi
  • “Angarlik manyak”: Rossiyada 80 dan ortiq ayolni o‘ldirgan mahbus Ukrainadagi urushga bormoqchi
  • Rossiyadagi o‘zbekistonlik mahbuslar Ukrainadagi urushga yollanayotgani haqida ma’lumot berildi
  • “Vagner” tashabbusi: Rossiyada ayol mahbuslarni urushga yollash boshlandi

BU İÇERİĞE EMOJİYLE TEPKİ VER!
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
Kategoriler
Gündem
Henüz Yorum Yok

Cevap bırakın

*

*

Benzer Konular