“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7-fevral kuni Britaniya parlamentida nutq so‘zlab, Rossiya Ukraina bilan urushda mag‘lubiyatga uchrashini aytdi. Uning nutqi YouTube’dagi “Suspilne” telekanali orqali namoyish etildi. Foto: AP Photo “Eski...

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7-fevral kuni Britaniya parlamentida nutq so‘zlab, Rossiya Ukraina bilan urushda mag‘lubiyatga uchrashini aytdi. Uning nutqi YouTube’dagi “Suspilne” telekanali orqali namoyish etildi.

Foto: AP Photo

“Eski yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishimiz bilanoq, yangisi boshini ko‘tarishga harakat qilmoqda. Erkinlik g‘alaba qozonishi, Rossiya esa mag‘lub bo‘lishini bilamiz”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Rossiya ustidan qozonilgan g‘alaba dunyoni o‘zgartirishini qayd etdi.

“Britaniya biz bilan hayotimizdagi eng katta g‘alaba sari yurmoqda. Bu avvalo urush g‘oyasi ustidan g‘alaba qozonishni anglatadi. Shundan keyin har qanday agressor xalqaro tartibni buzish qanday oqibatga olib kelishini ko‘radi”, — dedi siyosatchi.

Zelenskiy Britaniya Ukrainaga Challenger 2 tanklarini harbiy yordam sifatida berishi haqida gapirib, Ukrainaga uzoq masofali raketalar yuborishga chaqirdi.

“Bu qurollarning barchasi dushmanni, uning logistika markazlarini yo‘q qilish imkonini beradi”, — dedi u.

Siyosatchi yana bir bor Gʻarb ittifoqchilarini Ukraina Qurolli kuchlarini jangovar samolyotlar bilan ta’minlashga chaqirdi. U Britaniya parlamenti spikeri Lindsi Xoylga “bizda erkinlik bor, uni himoya qilish uchun bizga qanot bering” yozuvi tushirilgan ukrainalik uchuvchining dubulg‘asini berdi.

Foto: AP Photo

Zelenskiy Ukraina va Britaniya “yovuzlikka” qarshi kurashda umumiy tajribaga ega ekanini eslatdi.

“Ikki yil oldin Britaniya parlamentini tark etib, mazali ingliz choyi uchun sizga minnatdorlik bildirdim. Bugun qudratli Britaniya samolyoti uchun barchangizga oldindan minnatdorlik bildirib, parlamentni tark etaman”, — dedi Ukraina prezidenti nutqi yakunida.

Vladimir Zelenskiy Londonga tashrifidan so‘ng Parijga borishi, u yerda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Zelenskiy Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitida shaxsan qatnashishga taklif qilindi

BU İÇERİĞE EMOJİYLE TEPKİ VER!
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
Kategoriler
Gündem
Henüz Yorum Yok

Cevap bırakın

*

*

Benzer Konular