Qirg‘iziston prezidentining qimmat kiyimi yana muhokamaga sabab bo‘ldi

Qirg‘iziston segmentidagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mamlakat prezidenti Sadir Japarovning garderobini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Bu safar Jarapovning egnidagi kardigan muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi. Foto:...

Qirg‘iziston segmentidagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mamlakat prezidenti Sadir Japarovning garderobini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Bu safar Jarapovning egnidagi kardigan muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston rahbari Bishkek yaqinida joylashgan 73809-sonli harbiy qismiga rejadan tashqari tashrifida mazkur kiyimda ko‘rinish bergan. Japarov tashrif davomida harbiy xizmatning ahvoli va sharoiti bilan tanishgan, komandirlar va askarlar bilan suhbatlashgan, harbiy qismning moddiy-texnik bazasini yaxshilash zarurati haqida gapirgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini prezident egnidagi Italiyaning Paul&Shark brendining kombinatsiyalangan kardiganiga qaratgan.

Brendning rasmiy saytida bunday kardiganning chegirma narxi 781,20 yevroga (838,05 dollar) baholangan. Ilgari u 1116 yevroda (1197 dollar) sotilgan. Qirg‘iziston prezidenti urfdagi kiyimlarni kuzatib borishi va garderobini muntazam yangilab turishi qayd etilgan.

2022-yilning fevral oyida Japarov Italiya brendining qimmatbaho kurtkasida poytaxt bozorlarini kezgandi. 2022-yil dekabr oyida Qirg‘iziston prezidenti va milliy xavfsizlik davlat xizmati rahbarining qimmat kurtkasi muhokamaga sabab bo‘lgan.

Bundan avval ham Sadir Japarov va uning rafiqasi Oygul Japarovaning qimmatbaho chang‘i libosi muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ularning ustidagi liboslari qimmatbaho markali kurtkalarga juda o‘xshashligi aytilgan.

Foto: 24.kg

Taxminlarga ko‘ra, prezident egnidagi kurtka Lynn brendiga tegishli bo‘lib, 105 ming som (taxminan 13 million so‘m) turadi. Birinchi xonimning ustidagi kurtka esa Toni Sailer brendiga tegishli bo‘lib, narxi taxminan 140 ming somni (taxminan 20 million so‘m) tashkil qilgan.

BU İÇERİĞE EMOJİYLE TEPKİ VER!
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
+1
0
Kategoriler
Gündem
Henüz Yorum Yok

Cevap bırakın

*

*

Benzer Konular